O'zbekiston Respublikasining dini, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qattiy nazar hududda yasho'vchi yoshlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan muallifning "18 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar huquqlari" blogi. Siyosiy ahborotlardan holi ahborot portali.Unda bugungi kunda huquqlari buzilayotgan yoshlar va ularning istak kechmishlari haqida hikoya qilamiz.
воскресенье, 16 марта 2014 г.
Andijonlik qiz nomusini toptagani uchun tog‘asining boshini uzib tashladi
Andijon viloyati Shahrixon shahrida istiqomat qiluvchi 16 yoshli qizni 50 yoshlardagi tog‘asi zo‘rlagan. Bu haqda “Huquq” gazetasi ma’lumotiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, muqaddam bir necha marta sudlangan tog‘a mast holatda o‘z opasining qizi nomusini bulg‘agan. Homilador bo‘lib qolgan qiz bolasini 2006-yili abort yo‘li bilan oldirib tashlagan. Uyda yolg‘iz qolganlarida tog‘a jiyanini yana bir necha bor zo‘rlagan.
Shundan keyin qasos o‘tida yongan qiz mast holatda o‘ziga tegajoqlik qilgan tog‘asini 2013-yil iyulida pichoqlab o‘ldirgan. So‘ng kallasini kesib yoqib yuborgan, marhumning tanasini esa Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan.
Sud nomusini toptagan tog‘asining joniga qasd qilgan qizni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Sudlanayotgan vaqtida qiz 22 yoshda bo‘lgan; qo‘shnilar, qarindoshlar sudlangan qizni “yengiltabiat” deb ta’riflashgan, — deyiladi gazeta xabarida.
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)
Комментариев нет:
Отправить комментарий